Kuz... Yomg'ir yog'ardi. Avtobus bekatida bir yigit va bir qiz gaplashib turar, qizning közlaridan yosh sizib chiqardi. -Seni sevmayman, meni öz holimga qöy, -dedi yigit yig'layotgan qizga. Qiz yigitni toshbag'irlikda aybladi, undan nafratlanishini aytdi va burilib tez-tez yurib ketib ketib qoldi. Yigit uning ortidan jim termulib qoldi. U qiz bilan boshqa körishmasligini bilardi. U og'ir xörsinib qöydida mashinasiga ötirib tög'ri onkologiya markaziga bordi. 2- qavatda joylashgan vrach xonasiga kirdida stolida öychan ötirgan doktorga qarab shunday dedi: "Men tayyorman". Doktor örnidan turib yigitning yoniga keldi. Qölini uning yelkasiga qöydi: "Bardam böl uka, hammasi yaxshi böladi, inshoolloh" Yigitni jonidan ortiq sevadigan qiz yigitning sönggi vaqtda nega bunaqa bölib qolganligi sababini bilmasdi. Yigit kasalligini bilgach ancha vaqt operatsiyaga rozi bölmadi. Oz vaqt bölsada qiz bilan birga bölishni istadi. Lekin baribir tavakkal qilish kerak edi. U qizning baxtli bölishini istar, uning közlarida g'am va achinishni körishni istamasdi. Shu sabab qiz bilan munosabatlarni uzishga qaror qildi. Shunday böldi ham... Qizda hayotga qiziqish qolmagandi. U özini aldangan his qilar, sog'inch azobi alamlar bilan qorishib qalbiga og'riq solardi. U hamma narsaga befarq bölib qoldi. Yigitni sog'inar, bir vaqtning özida undan ranjirdi. Hammasini unutishni istar, közlari yig'lashdan tinay demasdi. Bir qancha vaqt ötgach, ota-onasi qistoviga köra bir doktor yigitdan kelgan sovchilarga rozilik berdi... Yigit bölsa qizni uzoqlardan köp kuzatardi, qiz buni sezmasdi hatto. Yigit hammasi tushga aylanib qolishini, va uyg'onib, yana baxtli kunlarga qaytishni istardi. Hayot uchun astoidil kurashardi. Kunlar tez ötaverdi. Qiz töy kuni yaqinlashgach, öz xusnihati bilan yigitga töyi uchun taklifnoma yozib jönatdi. "Mana, sizsiz yashayapman...baxtliman...". Shu ma'no mujassam edi bu harakatida. Yigit taklifnomani körib jilmaydi. "Ha, sen albatta baxtli bölishing kerak". Shu ma'no bor edi bu jilmayishda. Anchadan beri u bu qadar özini yengil his qilmagandi. Qiz özga yigit bilan chimildiqqa qadam qöyganida, yigit ertangi operatsiyadan tirik chiqmasligi mumkinligi haqida öylardi... U shu kuni qizga chin dildan baxt tiladi... Ertasiga yigit qölida ösha taklifnomani mahkam siqib operatsiya xonasiga kirib ketdi... Qiz kechqurun erini ishdan kutib olarkan, uning kayfiyati yöqligini sezdi. Eri unga bugun bir yosh yigit kasalxonada og'ir operatsiyaning sönggi daqiqalarida jon berganligini, u judayam irodali bölishiga qaramasdan, uni saqlab qolisholmaganligini aytdi. -Bilasanmi, uning qölida bizni töyimizga taklifnoma bor ekan,- dedi u. Qiz holsiz eridan taklifnomani oldiyu yig'lab yubordi. U özining xusnihatini tanigandi... (Muallif Zarif Ayubov)